
PSJ hujumchisi Neymar bo‘lajak mavsumga avvalgi yillardan boshqacha hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.
- Bu galgi mavsumda darvoza sari yo‘llaydigan zarbalarim ko‘p bo‘ladi. Jarimadan, uzoq masofadan va bosh bilan zarba berishni ko‘paytiraman. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. O‘zimga qattiq ishonaman. Ta’til davomida juda ko‘p mashq qildim, - dedi Neymar.
Neymarning faoliyati ham mavhum bo‘lib turibdi. Mashhur hujumchining PSJ rahbariyati bilan munosabati buzilgan. Klub uni tezroq sotib yubormoqchi.
Neymarga bir qator klublar xaridor. Qolaversa, “Adidas” brendi braziliyalik yulduzni “Real”ga olib o‘tishga harakat qilyapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar