
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks kengashi (WBC) iyul oyi bo‘yicha reytingi yangilandi. Boshqa tashkilotlardan farqli o‘laroq, WBC 40 talik reytingni e’lon qiladi.
Unda hamyurtlarimiz o‘rinlari bilan tanishing:
- Og‘ir vazn: Bahodir Jalolov 32-o‘rindan 20-o‘ringa ko‘tarildi;
- Super o‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug‘ofurov 14-o‘rin, Bektemir Meliqo‘ziyev 39-o‘rin;
- Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 9-o‘rin;
- Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 21-o‘rindan 20-o‘ringa ko‘tarildi, Shahram G‘iyosov 25-o‘rindan 24-o‘ringa yuqoriladi, Jamshidbek Najmitdinov 30-o‘rindan bir pog‘ona pastlab, 31-o‘ringa joylashdi;
- Super yengil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 21-o‘rin;
- Yarim yengil vazn (57,1 kg): Otabek Holmatov 37-o‘rin;
- Birinchi yarim yengil vazn (55,3 kg): Islombek Pirmanov 37-o‘rin;
- Birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do‘smatov 11-o‘rin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar