“Neftchi” klubi aftidan yana bir muammoga duch kelganga o‘xshaydi. Yaqinda bosh murabbiylikka Vitaliy Levchenko tayinlanganidan xabaringiz bor.
Ayni paytda klub Toshkentda ushbu mutaxassis boshchiligida shug‘ullanmoqda. Biroq O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev “Neftchi” klubi va Levchenko masalasida muhim bir jihatni eslatib o‘tdi.
Unga ko‘ra, farg‘onaliklar boshqa murabbiy topishiga to‘g‘ri keladi. Bu xususida Diyor Imomxo‘jayev o‘zining telegram kanalida shunday dedi:
“Vitaliy Levchenkoni ham inson, ham mutaxassis sifatida hurmat qilganimiz holda aytamizki, unda Pro litsenziyasi mavjud emas. Bunday holatda u Superliga klubini boshqara olmaydi.
Levchenko de fakto “Istiqlol” klubi bilan Chempionlar ligasida ajoyib natija qayd etgan bo‘lsa-da, de yure OFK ro‘yxatidan Mubin Ergashev bosh murabbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shundan kelib chiqilsa, “Neftchi” Pro litsenziyasi mavjud yana biror mutaxassis topishi kerak bo‘ladi”. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar