
Sadio Mane Afrikada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Senegal terma jamoasi yarim himoyachisi Marokashda o‘tkazilgan marosimda sovrinni qabul qilib oldi.

Bu yil "Bavariya"ga ko‘chib o‘tgan Manega eng yaxshi bo‘lish uchun uning sobiq jamoadoshi Muhammad Salah (Misr) va "Chelsi" darvozaboni Eduar Mendi (Senegal) raqobat ko‘rsatgandi.

Mane o‘tgan mavsumda "Liverpul" bilan Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogida g‘alaba qozondi. Shuningdek, Chempionlar ligasida finalgacha yetib borib, APLda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Senegal bilan birga Afrika Kubogida g‘alaba qozondi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar