“Roma” o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ydi. Joze Mourino o‘z shogirdlari bilan yangi mavsumda A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi, Italiya kubogida zafar quchishi, UYEFA Yevropa ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritishi asosiy vazifa sifatida belgilangan.
Rim klubi o‘tgan mavsumni Konferensiyalar ligasidagi g‘alaba bilan yakunlagani muxlislarda katta umidlarni uyg‘otmoqda.
Joze Mourino bu vazifalarni bajarish uchun tarkibni jiddiy kuchaytirish shartligini ta’kidlagan va klub xo‘jayinlari portugaliyalik murabbiy istagan o‘yinchilarni olib kelish imkoniyatini topmoqda.
Tabiiyki, “Roma”ning transferlari va tarkibdagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar ko‘pchilikni qiziqtiradi. Shu bois, hali bir oy davom etadigan transferlar mavsumida hozirgacha yuz bergan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.
Yangi o‘yinchilar:
14 iyun: “Roma” rahbariyati 33 yoshli serbiyalik yarim himoyachisi Nemanya Matich bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi. “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Joze Mourino bilan bir yil hamkorlik qilishga rozilik bergan.
1 iyul: Poytaxt klubi 22 yoshli darvozabon Mile Svilar bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma tuzilganini e’lon qildi. Serb millatga mansub posbon “Benfika”dan olib kelindi.
5 iyul: “Roma” mutasaddilari Turkiya terma jamoasi va “Lill” himoyachisi Mehmet Zeki Chelikni A Seriyaga kelishga ko‘ndirdi. Turk futbolchisi 2026 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga imzo qo‘ydi.
20 iyul: “Roma” tarkibini “Yuventus”dan ketgan Paulo Dibala to‘ldirdi. 28 yoshli argentinalik yulduz rimliklar bilan 2025 yilning 30 iyunigacha hamkorlik qiladigan bo‘ldi. Bu yozning eng yorqin transferlaridan biri ekani ta’kidlanmoqda.
Sotuv va ijara:
21 iyun: Braziliyalik darvozabon Daniel Fuzato Ispaniyaning “Ibitsa” klubi bilan uch yillik bitim tuzdi. 21 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Brayan Reynolds Belgiyaning “Vesterlo” klubiga ijaraga berildi.
1 iyul: “Milan” bilan Alessandro Florensi transferi bo‘yicha kelishuvga erishilgani xabar qilindi. Milanliklar ijarada o‘ynatgan o‘yinchini o‘ziniki qilib olish uchun rimliklarga 2,7 million yevro kompensatsiya to‘ladi.
2 iyul: “Roma” mutasaddilari “Kremoneze»” bilan 19 yoshli yarim himoyachi Tommazo Milaneze transferini 750 ming yevroga kelishganini tasdiqladi.
5 iyul: “Kremoneze” vakillari “Roma”ning 20 yoshli markaziy himoyachisi Maissa Ndiayeni to‘liq transfer qildi.
13 iyul: “Lechche” poytaxtliklarning 19 yoshli hujumchisi Joel Perssonni 800 ming yevroga sotib oldi.
14 iyul: “Triyestina” jamoasi 18 yoshli darvozabon Davide Mastrantonioni “Roma”dan ijaraga oldi.
Shartnomasi uzaytirilganlar: “Roma” rahbariyati murabbiylar shtabi ishonchini oqlagan bir necha o‘yinchilarga yangi bitim taklif etdi. 26 yoshli markaziy himoyachi Janluka Manchini 2027 yil 30 iyungacha "bo‘rilar" safila qoladigan bo‘ldi.
Shuningdek, 19 yoshli hujumchi Feliks Afena-Gyan 2026 yilning 30 iyunigacha, 18 yoshli darvozabon Davide Mastrantonio, 18 yoshli himoyachi Filippo Missori, 18 yoshli chap qanot futbolchisi Yan Oliveras, 19 yoshli yarim himoyachi Benjamin Taxirovich ham 2026 yilning yozigacha davom etadigan yangi bitimlarga ega bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar