Og‘ir atletika. Madina Fayzullayeva 5 ta medalga sazovor bo‘ldi

Og‘ir atletika. Madina Fayzullayeva 5 ta medalga sazovor bo‘ldi
Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati hamyurtimiz Madina Fayzullayeva uchun omadli o‘tdi.

U ham o‘smirlar, ham yoshlar toifasida ishtirok etib, jami 5 ta medalni qo‘lga kiritdi.

-76 kg vazn toifasida qatnashgan Fayzullayeva dast ko‘tarishda 82 kg, siltab ko‘tarishda 106 kg, jami 188 kg natija ko‘rsatdi.
Og‘ir atletika. Madina Fayzullayeva 5 ta medalga sazovor bo‘ldi
Bu unga o‘smirlar toifasida har 3 yo‘nalishda oltin, yoshlar kategoriyasida esa dast ko‘tarish va umumiy hisobda bronza medallarini keltirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar