
“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag boshchilishida uchta transfer amalga oshirildi.
Manchesterliklar “Feyenoord”dan Tirell Malasia va “Ayaks”dan Lisandro Martinesni sotib oldi. Erkin agent sifatida kelgan Kristian Eriksen ham Niderlandiyada o‘ynagan.
“Yunayted” ushbu mamlakat chempionatida o‘ynayotgan Brayan Brobbi va Antoniga ham xaridor bo‘lmoqda. Erik ten Xag nega o‘z yurtidan o‘yinchi olayotganiga izoh berdi.
- Men angliyalik futbolchilarni ham olishni istayman. Lekin bu yerda eng asosiy narsa – narx va sifat uyg‘unligi. Angliyalik futbolchilar juda qimmat. Bu faktni rad etib bo‘lmaydi. Shu o‘rinda, olinadigan o‘yinchining mahorati ham ko‘p narsani hal qiladi, - dedi Erik ten Xag. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar