
Quvaytning Al-Quvayt shahrida boks bo‘yicha "1-xalqaro musobaqa" o‘z yakuniga yetdi.
Avvalroq xabar berganimizdek, ushbu musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Bokschilarimiz musobaqa yakuniga ko‘ra, 5 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldilar.
Terma jamoamiz safida Abdumajid Mannopov, Abdumalik Xalakov, Javlonbek Yo‘ldoshev, Dilshodbek Ro‘zmetov va Diyor O‘ralov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Lazizbek Fattoyev bronza bilan yurtimizga qaytadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar