Elnur Abduraimov meksikalik raqibini birinchi raunddayoq «tinchitdi» (video)

Elnur Abduraimov meksikalik raqibini birinchi raunddayoq «tinchitdi» (video)
Professional bokschimiz Elnur Abduraimov Golden Boy Fight Night boks oqshomi doirasida meksikalik Leonel Morenoga qarshi jang o‘tkazdi.

10 raund etib belgilangan bahs 1-raundda o‘z nihoyasiga yetdi va unda Abduraimov raqibini nokautga uchratgan holda g‘alaba qozondi. Shu tariqa u IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari egasiga aylandi.

Mazkur jangdan so‘ng, Abduraimovning statistikasi 10-0 (9 nokaut) ko‘rinish oldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar