
“Roma”ga kerak bo‘lmay qolgan Eldo Shomurodovni qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan jamoalar soni tobora oshib bormoqda.
A Seriyada yuqori o‘rinlar uchun kurashib, Yevrokuboklarga yo‘llanma olishni maqsad qilgan “Sassuolo” hujum chizig‘ini o‘zbek futbolchisi yordamida kuchaytirmoqchi. Buni klub rasmiylari tan oldi.
- Bizdan Shomurodovga qiziqayotganimizni so‘rashyapti. Ha shunday. Shomurodov o‘zini A Seriyada nimalarga qodirligini ko‘rsata olgan yaxshi futbolchi. Bundan ortiq ma’lumotlarni oshkor qila olmayman, - dedi “Sassuolo” bosh direktori Jovanni Karnevali.
Eldor Shomurodov o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 40 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga beshta gol va oltita assist rasmiylashtirdi. Rim klubi bilan 2026 yilning yarmigacha shartnomaga ega bo‘lgan futbolchimiz sakkiz million yevroga baholanmoqda.
Shomurodovga xaridor klublarning aksariyati uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar