date
views 2 982

Italiyalik mashhur insayder Shomurodov qaysi jamoaga o‘tayotganini ma’lum qildi

Italiyalik mashhur insayder Shomurodov qaysi jamoaga o‘tayotganini ma’lum qildi
Roma”dagi faoliyati tobora poyoniga yetib borayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning navbatdagi manzili qaysi jamoa bo‘lishi borasida turli gap-so‘zlar, mish-mishlar urchimoqda.

Italiyalik mashhur insayder Janluka Di Marsioning yozishicha, 27 yoshli o‘zbekistonlik hujumchi “Bolonya” klubiga ijara asosida o‘tishga yaqin turibdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq Eldorga “Torino”, “Sassuolo” va “Sampdoriya” kabi jamoalar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, "Bolonya" o‘tgan mavsum A Seriyani 13-o‘rinda yakunlagan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiyalik mashhur insayder Shomurodov qaysi jamoaga o‘tayotganini ma’lum qildi