Foto: KSAO
“Sport kurashlari olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022-2024 yillarda sport kurashlari olimpiya turlarini (erkin kurash va yunon-rum kurashi) rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
2023 yildan har yili an’anaviy tarzda sport kurashlari bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida navbatma-navbat respublika barcha hududlarida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari bo‘yicha):
- yoshlar o‘rtasida Prezident sovrini uchun xalqaro sport musobaqalari;
- o‘smirlar o‘rtasida “Uzbekistan-Grand Prix” xalqaro sport musobaqalari;
- kattalar o‘rtasida “New Uzbekistan” xalqaro sport musobaqalari;
- Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida vazir kubogi, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida rais kubogi, Milliy gvardiya tizimida qo‘mondon kubogi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi kubogi, viloyat hokimi kubogi va Toshkent shahri hokimi kubogi musobaqalari o‘tkaziladi.
O‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida uyushtiriladigan “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari dasturlariga sport kurashlari kiritiladi.
2023/2024 o‘quv yilidan Jismoniy tarbiya va sport universitetida sport kurashlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish amaldagi davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
2023 yildan sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida sport kurashlari kamida bitta turi bo‘yicha, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida sport kurashlari ikkita turi bo‘yicha seksiya va bo‘limlar tashkil etiladi.
Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari va kuboklarida ishtirok etadigan sportchilar natijalari xorijiy malakali hakamlar tomonidan baholanishi yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas