“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Rayo Valekano”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini (1:1) vaqtida ingliz klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan tortishib qoldi.
Tanaffus vaqtida murabbiy hujumchiga yaqinlashib, unga nimadir dedi. Portugaliyalik esa bunga javoban imo-ishora qila boshladilar va keyin mutaxassisning gapiga e’tibor bermasdan ketgan.
Ronalduning bu harakatlari Erik ten Xagni juda xafa qildi, deb yozadi jurnalist Ben Jeykobs. Gap shundaki, gollandiyalik murabbiy MYUda ish boshlaganidan keyin Ronaldu bilan yuzma-yuz gaplashmagan edi. U bir necha bor Krishtianu bilan telefon orqali suhbatlashishga harakat qilgan, biroq buni uddalay olmagan. Shu bois, futbolchining harakatlari ten Xagning hafsalasini pir qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli hujumchi oilaviy muammolar sabab "Yunayted"ning Tailand va Avstraliya bo‘ylab mavsumoldi turnesini o‘tkazib yuborgandi.
Ronalduning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi.
Avvalroq Ronaldu APLning birinchi davrasi boshlangunga qadar klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas