
Eldor Shomurodovning "Roma"dan "Bolonya"ga transferi borasida muzokaralar tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Emiliya-Romanya klubi O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini taklif qilishga juda ham qiziqmoqda.
Oldinroq ma’lum bo‘lganidek, "Roma" o‘yinchini sotmoqchi yoki xarid qilish majburiyati bilan ijaraga bermoqchi.
"Bolonya" rahbariyati majburiy xarid qilish bandi hujumchining gollari va assistlari soniga bog‘liq bo‘lishini xohlamoqda va Rim klubini shunga ko‘ndirmoqchi.
Qayd etish kerakki, o‘zbekistonlik hujumchiga "Vulverxempton" ham qiziqish bildirmoqda.
Shomurodov o‘tgan yozda "Jenoa"dan "Roma"ga o‘tgandi. U o‘tgan mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 40ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar