1 415
Ulug‘bek Baqoyev: "Bugun muvozanatni tenglashtirib, ochko ishladik. "Paxtakor" esa ochko yo‘qotdi"
Superliga 14-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Paxtakor" uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda jamoalar 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Toshkent klubi safida gollar Sobirxo‘jayev va Cheran nomiga qayd etildi. Mezbonlar tarkibida Kolakovich va Norxonov gol muallifi bo‘ldi.
Uchrashuvdan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida jizzaxliklar ustozi Ulug‘bek Baqoyevning fikrlari bilan tanishing:
- Ko‘rdingiz, o‘yinni yomon boshladik. Bilmadim, bu nima bilan bog‘liq. Tezkorlik bilan ikkita gol o‘tkazib yubordik va o‘yinni qutqarish kerak edi. Zudlik bilan 3 ta o‘zgarish amalga oshirdim. Mazkur qarorim bilan kimnidir xafa qilmoqchi emasdim. Ba’zida futbolda bunaqasi bo‘lib turadi. Shunga qaramay, biz o‘yinni qutqarib qoldik. Yigitlarni tabriklayman. Ular so‘nggi daqiqalargacha kurashdi. Shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham rahmat.
- Dastlab, o‘yinga moslasha olmadik. Biroz bo‘shroq harakat qilganimiz uchun ikkita gol qabul qilib oldik. "Paxtakor"dek jamoaga qarshi bunaqa o‘ynab bo‘lmaydi. Unutmasligingiz kerak, biz amaldagi O‘zbekiston chempioniga qarshi to‘p tepdik. Ular juda ham kuchli va sifatli ijrochilarga ega. Bunday jamoaga qarshi bellashuvda 2:0 hisobida yutqazayotgan paytimizda muvozanatni tenglashtirib, ochko ishladik. "Paxtakor" esa ochko yo‘qotdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...