23:46 / 07.08.2022
1 503

Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston terma jamoasining 10-turdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston terma jamoasining 10-turdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Foto: Shaxmat federatsiyasi
Hindistonning Chennai shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoalarining 10-turdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi.

9-turda Armanistonni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylangan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi keyingi turda Hindiston-2 jamoasi bilan kuch sinashadi. Bellashuv 8 avgust kuni o‘tkaziladi.

Hindistonning ikkinchi jamoasi umumiy jadvalda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Mazkur turdagi g‘alaba orqali O‘zbekiston chempionlik masalasini deyarli hal qiladi. Olimpiadada jami 11 ta tur o‘tkaziladi.

9-turdan keyin 49-pog‘onada borayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa 10-turda Paragvayga qarshi dona suradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston terma jamoasining 10-turdagi raqibi ma’lum bo‘ldi