date
views 1 367

Chempion shaxmatchilarimiz qachon yurtimizga qaytib kelishadi?

Chempion shaxmatchilarimiz qachon yurtimizga qaytib kelishadi?
Bugun o‘zbek shaxmatida tarixiy kun! Vakillarimiz Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi chempioniga aylandi.

Ma’lum bo‘lishicha, vakillarimiz 10-dan 11 avgustga o‘tar kechasi tunggi soat 2:45 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘nadi. Ularni kutib olish bilan bog‘liq tadbirlar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, qahramonlarimiz O‘zbekiston tarixida ilk bor shaxmat Olimpiadasi chempionligini qo‘lga kiritdi. Bungacha eng yaxshi natijamiz 1992 yilgi Olimpiada kumush medali edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempion shaxmatchilarimiz qachon yurtimizga qaytib kelishadi?