Samarqandning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov yangi lavozimga tayinlanganidan keyin championat.asia saytiga intervyu berdi.
- "Dinamo" varianti qanday paydo bo‘ldi? Kim aloqaga chiqdi?
- Odatdagidek klubdan menga qo‘ng‘iroq qilishdi va muzokaraga taklif qilishdi. Rahbariyat bilan gaplashib kelishib oldik. Yil oxirigacha shartnoma tuzdim.
- Terma jamoadan ketgach nima bilan shug‘ullanayotgandingiz?
- Hech nima, shunchaki dam oldim.
- "Dinamo" murabbiylar shtabida sizga kimlar yordam beradi?
- Hozircha faqat Marat Miftaxutdinov keldi. Qolgan murabbiylar bungacha "Dinamo"da ishlayotganlar.
- "Dinamo"da siz bilan birga ishlagan futbolchilar ko‘p emas...
- To‘g‘ri adashmasam uch futbolchi bilan oldin birga ishlaganman. Marat Bikmayev, Erkin Baydullayev va Yevgeniy Chumak.
- Samarqanddagi stadion chimi bilan tanishdingizmi? Holati qanday?
- Yomon emas. Faqat biroz chim o‘sgan ekan bugun o‘tini o‘rishdi va hammasi joyida. Bugun ilk mashg‘ulotni o‘tkazamiz va ertaga o‘yin.
- Terma jamoadagi shogirdingiz Baqoyevga qarshi...
- Ha, agar "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Baqoyev bo‘lsa, demak unga qarshi.
- 2017 yil "Neftchi"ni deyarli shunday holatda, mavsum o‘rtasida va oxirgi o‘rinlardagi jamoani qabul qilib olgandingiz va yakunda klub quyi ligaga tushib ketgandi. "Dinamo" bilan ham shunday bo‘lishidan qo‘rqmaysizmi?
- Yo‘q, avvalo bir narsaga oydinlik kiritib olaylik. 2017 yilda "Neftchi"ni kim quyi ligaga tushib yuborgandi? Bizmi yoki o‘sha paytdagi rahbariyatmi? Chempionat tugashiga nechta tur qolganida reglament o‘zgarib ketgani yodingizdami? Keyin "Neftchi" 2018 yil baribir Superligada o‘ynagan. Demak klub men ishlagan paytda quyi ligaga tushib ketmagandi.
Yana bir narsa hech kim 2017 yil "Neftchi"da bizdan oldin kimlar ishlagani va natijalari qanday bo‘lganini eslamaydi negadir. O‘sha yil yozda men jamoaga kelgach hamma legionerlarga javob berganmiz va faqat mahalliy yigitlarni, asosan o‘rinbosarlarda o‘ynagan yosh futbolchilarni maydonga tushirganmiz. O‘sha paytdagi yoshlar hozir Superligadagi deyarli barcha klublarda asosiy tarkibda o‘ynashmoqda.
- 2017 yil reglament o‘zgarishi haqida bergan intervyudan keyin sizni futboldan chetlatishgandi. Endi "Dinamo" murabbiyi sifatida matbuot anjumanlarida qatnashasiz...
- Sizni tushundim, men doim jurnalistlar bergan savollarga javob beraman. O‘zim mana bu savolni beringlar demayman-ku, to‘g‘rimi. OAVni to‘rtinchi hokimiyat deyishadi, biz hokimiyatga qarshi bormaymiz. Qonunni buzmasak, o‘ylaymanki hech kim bizni chetlatmaydi.
- "Dinamo" hozir so‘nggi o‘rinda bormoqda. Klubni Superligada olib qolishga ishonganingiz uchun shartnoma tuzdingizmi?
- To‘g‘ri oxirgi o‘rindamiz, ammo oldinda 12ta o‘yin bor. Matematik va amaliy jihatdan imkoniyatimiz bor. Oxirigacha kurashamiz. Buning uchun ko‘p ishlash kerak bo‘ladi.
Narzulla suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...