Foto: Professional boks federatsiyasi
O‘zbekiston professional boks federatsiyasi (PBF) raisi Umid Yoqubov «Daryo» bilan suhbatda tashkilotning asosiy maqsadlari, WBC bilan hamkorlik va boshqa bir qator savollarga javob berdi.
Tashkilotning asosiy maqsadi haqida
Professional boksni O‘zbekistonda targ‘ib qilish, rivojlantirish, shuningdek, hakamlik masalalari, murabbiylar va professional bokschilarni yetishtirib chiqarishga mas’ul tashkilot hisoblanadi.
Bu vazifalarni amalga oshirish biz turli tashkilotlarni a’zolikka jalb etamiz. Masalan, bizda promouterlik kompaniyalari bor. Ularning asosiy vazifasi boks musobaqalarini tashkil etish.
PBF esa promouterlik kompaniyalarini ro‘yxatga olish, ularga ruxsatnoma berish, kompaniya tashkil etayotgan musobaqa reglament asosida o‘tishini nazorat qilish uchun supervayzer jo‘natadi. Bundan tashqari bu musobaqalarga hakamlar yetkazib berish ham bizning zimmamizda.
WBC bilan hamkorlik haqida
PBF ish boshlashi bilanoq dunyoning eng nufuzli beshta boks tashkiloti (WBC, WBA, WBO, IBF, IBO) bilan hamkorlik qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Xabaringiz bor, WBC mazkur beshta tashkilot orasida eng nufuzli va yoshi katta tashkilot hisoblanadi.
PBFning birinchi vitse-prezidenti G‘ofur Rahimovning WBC tashkiloti prezidenti Maurisio Suleyman bilan ko‘p yillik do‘stona aloqalari bor. Tashkilotda ish boshlaganimizdan keyin dastlabki kunlardayoq WBC rahbariyati bilan bog‘landik, muzokaralar o‘tkazdik va xatlar yubordik. Natijada federatsiya WBC’ning to‘laqonli a’zosiga aylandi.
Hamkorlik dastlabki mevasi sifatida 11 avgust kuni Toshkentda hakamlar uchun tashkil etilgan seminarni aytishim mumkin. Bu seminarga WBC tomonidan ikki nafar mutaxassis yuborilgan — italiyalik mashhur referi Guido Kavaleri va WBC’ning rasmiy vakili latviyalik Oksana Semenishina.
Faqat bu bilan cheklanib qolmay boshqa tashkilot bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganmiz. Keyingisi WBA bo‘ladi, ushbu tashkilotning ham a’zosiga aylanishni istaymiz.
Federatsiya qanday moliyalashtirilishi haqida
Federatsiya to‘liq a’zolik badali va homiylardan tushadigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi.
Promoushen kompaniyalari haqida
Bokschi qanchalik yaxshi va potensiali Jahon chempionligini qo‘lga kiritishgacha yetarli bo‘lmasin, agar promouteri kuchsiz bo‘lsa hech qachon u bokschini jahon chempioni qila olmaydi. Chunki reytingni ko‘tarish va undan keyin titul janglarini o‘tkazish darajasiga yetib borishda asosiy rolni promouterlar o‘ynaydi.
Federatsiyaning ham asosiy vazifalaridan biri mamlakatda kuchli promouterlik kompaniyalarini ko‘paytirish.
13 avgust kungi boks kechasi haqida
Bizning federatsiya bilan hamkorlik qilayotgan LIFT Promotions 13 avgust kuni «Humo Arena»da professionl boks oqshomi tashkil etmoqda. Bu musobaqada uch nafar Olimpiya chempionlari qatnashadi: G‘azliddin G‘oibnazarov, Shahobiddin Zoirov va Ebert Konseysao.
Shuningdek, bu musobaqada reyting janglaridan tashqari O‘rta Osiyo chempionligi. 13 avgustda chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi, yarim final oktabr oyiga rejalashtirilyapti, final esa dekabrda bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi