23:00 / 11.08.2022
1 449

Vadim Abramov: "Biz "So‘g‘diyona"ga hech bir jabhada mag‘lub bo‘lmadik"

Vadim Abramov: "Biz "So‘g‘diyona"ga hech bir jabhada mag‘lub bo‘lmadik"
Coca Cola Superligasi 15-turidan o‘rin olgan "Dinamo" – "So‘g‘diyona" (1:2) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov fikrlarini bildirdi.

- O‘yin haqida
- Oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchrash alamli. Jamoa bilan tanishib, kamchiliklarimizni ko‘rib oldik. Afsuski, mavjud muammolar bizga pand berishda davom etyapti. Yo‘q joydan gol urib ketishdi. Agar durang bo‘lganida, adolatli bo‘lardi. Biroq bir narsa, ya’ni biz yuqtazgan jamoa chempionatda 2-o‘rinda borayotgani xursand qiladi. Biz yetarlicha qarshilik ko‘rsatganimiz ham meni shod etdi. Biz hech bir jabhada "So‘g‘diyona"ga mag‘lub bo‘lmadik.

- Jamoa boshqaruvidagi birinchi o‘yiningizdan qoniqdingizmi?
- Mag‘lubiyatdan qanday qilib qoniqishim mumkin? Qaytaraman, raqib chempionat yetakchilaridan biri edi. Faqat shu jihatgina tinchlantirdi. Afsuski, reglament bo‘yicha o‘rinbosarlar jamoamiz ertaga o‘ynaydi. Oldingidek bo‘lganida, o‘yin oldidan tanishib olardim. Ertaga o‘rinbosarlar tarkibi o‘yinini ko‘ramiz. Kamchiliklarimizni bilib oldik, endi uni bartaraf qilish ustida ishlaymiz.

- Vadim Karlenovich, siz "So‘g‘diyona" futbolchilarini yaxshi bilasiz. Ayniqsa, Jasur Hasanovni. Yordamchingiz Islom Sharipovga borib ko‘p narsalarni uqtirdi, biroq jamoangiz unga qarshi hech nima qila olmadi...
- Bilasizmi, futbolimiz darajasidan hayratdaman. Shuncha yildan buyon o‘ynab kelayotgan Jasur Hasanov yoshlarni bemalol aldab o‘tib ketmoqda. Bu siz kabi meni ham ajablantiradi. Buni futbolchimizga tushuntirishga harakat qildik, yordamchim ham alohida borib hammasini uqtirib keldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Biz "So‘g‘diyona"ga hech bir jabhada mag‘lub bo‘lmadik"