
Coca Cola Superligasining 15-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "So‘g‘diyona" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Vadim Abramov "Dinamo"ga kelgach ruhiy ko‘tarilish paydo bo‘lgandek tuyuldi. Bu menimcha yangi bosh murabbiy tufayli bo‘ldi. Raqib futbolchilari ishonchli o‘ynashdi va hatto tezkor gol urishdi. Bizga ikki karra qiyin bo‘ldi, shu bois o‘ylashimcha "Dinamo" yaxshi o‘ynadi. Biz ham yaxshi harakat qildik va uchrashuv so‘nggida g‘alabani ilib ketdik. Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman. "Dinamo"ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman", - dedi Baqoyev.
- Norxonov, Hasanov va Salomov bahsni zaxirada boshlashdi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
- Norxonov yaqindagina jarohatidan qutuldi. Salomov va Hasanov esa rotatsiya tufayli zaxirada qolishdi. Barchaga birdek yuklama berishni maqsad qilganmiz. Keyingi o‘yinimiz OFK kubogi doirasida bo‘ladi, shu bois ularga biroz dam berdik. Bu futbolchilar ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirib berishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar