23:47 / 16.08.2022
1 201

Samvel Babayan: "Bu yilgi chempionat oxirgi turlargacha hammani hayajonda ushlab turadi"

Samvel Babayan: "Bu yilgi chempionat oxirgi turlargacha hammani hayajonda ushlab turadi"
Coca Cola Superligasi 16-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" – "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan keyin namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan fikrlarini bildirdi.

- O‘yin haqida
- "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘tadigan derbilar hamisha qiziqarli va murosasiz tarzda kechadi. Bugungi uchrashuv ham bundan mustasno emas. Natija va sifatga kelsak, o‘yinimizdan qoniqmadik. Raqibga juda ko‘p imkoniyat taqdim etdik. Natija bizga manzur kelmadi. Chempionatda oddiy o‘yinlar deyarli yo‘q. Favoritmi, autsaydermi, farqi yo‘q, hamma uchrashuvlar kurashlarga boy bo‘lib o‘tmoqda. Bu bizga dars bo‘ldi. O‘yinni tahlil qilib chiqamiz. Raqib imkoniyatiga to‘g‘ri baho berishimiz kerak.

- 1996 yilda "Navbahor"da, keyin "Paxtakor", O‘zbekiston terma jamoasi va chet el klublarida ishlagansiz. 1996 yil "Navbahor" chempionlikka erishgan. Hozirgi kunda "Nasaf", "So‘g‘diyona" jamoalari bilan bir qatorda jamoalarimizga 1-o‘rinni olish uchun nimadir yetishmaydi. Siz nima deb o‘ylaysiz?
- O‘yinlarda barqarorlik yetishmaydi. Biz sifatli o‘yin ko‘rsatamiz, lekin qoqilishlar ro‘y beradi. Bugun negadir raqib o‘yiniga to‘g‘ri baho bera olmadik. Taktik taraflama ba’zida himoyaga yotishga harakat qildik va vertikal uzatmalarni amalga oshirdik, ammo bizda ijodkorlik ko‘rinmadi. Har bir o‘yinda maksimal natijaga erishish uchun barqarorlik yetishmay qoladi.

- Azim Ahmedov oxirgi o‘yinlarda deyarli o‘ynamayapti. Uning jarohati bormidi?
- Ha, jarohati bor edi. Sekin-asta safga qaytmoqda. U jamoa sardori va asosiy tarkib a’zosi. Unda jarohat kuzatilgani bois mashg‘ulotlarda ham qatnashmagandi. Hozir tiklanib boryapti, shu tufayli maydonda ko‘rinish berdi.

- "Navbahor" keyingi turda "Paxtakor"ni mehmon qiladi. Bu uchrashuvni "yil o‘yini" deb ta’riflasak bo‘ladimi?
- Hali oldinda yana 10 ta o‘yin bor. O‘ylaymanki, bu yilgi chempionat oxirgi turlargacha hammani hayajonda ushlab turadi. "Paxtakor" ham boshqa raqiblarimiz singari jamoa sanaladi. Har doimgidek tayyorlanamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Bu yilgi chempionat oxirgi turlargacha hammani hayajonda ushlab turadi"