15:55 / 18.08.2022
1 101

5 nafar bokschimiz Grozniyda oltin medal uchun jang qiladi

5 nafar bokschimiz Grozniyda oltin medal uchun jang qiladi
Chechenistonda boks bo‘yicha Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Kecha musobaqa yarim finali doirasida besh nafar bokschimiz jang o‘tkazdi va ularning barchasi g‘alabaga erishib, finalga yo‘l oldi. Bugun soat 19:00dan boshlab bokschilarimiz musobaqa oltin medali uchun ringga ko‘tariladilar:

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Magomed Shamsayev(Checheniston)
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Magomed Alimsultanov (Checheniston)
-54 kg: Hasanboy Do‘smatov - Muhammad Vaxayev (Checheniston)
-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Nashxo Cherxeyko (Checheniston)
-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Said-Emi Musayev(Checheniston)

Bokschilarimiz janglarining ketma-ketligi bugungi dastur bo‘yicha aynan shunday tartibda ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 5 nafar bokschimiz Grozniyda oltin medal uchun jang qiladi