OFK kubogi Markaziy mintaqa finalida "So‘g‘diyona" jamoasi "Xo‘jand" bilan bahs olib borganidan xabaringiz bor. Ushbu o‘yinda vakillarimiz yirik 4:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mazkur bellashuvdan so‘ng OFK rasmiy saytida Jizzax klubi haqida maqola chiqdi. Unda turli statistikalar, O‘zbekistonning OFK kubogidagi ishtiroki, xususan, "Nasaf" va "So‘g‘diyona" bir-biri bilan qisman solishtirib o‘tilgan. Quyida shu maqolani siz uchun o‘zbek tiliga tarjima qildik. Marhamat, batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
Golli o‘yinlar
"So‘g‘diyona" Tojikistonning "Xo‘jand"ini o‘ta ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Endi ular navbatdagi bosqichda Gongkongning "Istirn" klubiga qarshi maydonga chiqadi. Bellashuv 6 sentabr kuni "bo‘rilar" mezbonligi ostida kechadi.
Shu paytga qadar OFK kubogida atigi ikki marotaba Markaziy mintaqa finali o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, ikkala bahsda ham o‘zbekistonliklar g‘alaba qozondi va ikkisi ham gollarga boy o‘yin bo‘ldi. Bu mavsum "So‘g‘diyona" "Xo‘jand" darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritgan bo‘lsa, o‘tgan yili "Nasaf" Turkmanistonning "Ahal" jamoasini 3:2 hisobida taslim etgandi.
Zarbalar va natija
"So‘g‘diyona" uchrashuvda hisobni ochganda "Xo‘jand" hali biror marta tayinli hujum amalga oshirmagandi. Umumiy olib qaraganda, "burgutlar" 3 ta zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Qayd etish lozim, klub bu borada OFK kubogi bu mavsumdagi eng yomon natija egasiga aylanib oldi.
Ortiqcha qo‘pollik
"Mustaqillikning 20 yilligi" nomli stadionda muxlislar jami 24 marta qoidabuzarlik (fol) guvohi bo‘ldi. Shundan 17 tasi o‘zbekistonliklar hisobida. Qolgan 7 tasi mezbonlar nomiga qayd etildi. Qizig‘i, "So‘g‘diyona" aynan shu bahsda musobaqadagi eng ko‘p fol ishlatishga majbur bo‘ldi. Ammo atigi bir marotaba sariq kartochkaga loyiq harakat e’tirof etildi.
"Xo‘jand" esa turnirda eng kam folni shu o‘yinda qayd etdi. Biroq shunga qaramay, jamoa mehmonlardan bitta ko‘p sariq kartochka oldi.
G‘alabali seriya
Bu g‘alaba Jizzax klubining turnirdagi ikki 100 foizlik natija qayd etib kelayotgan jamoadan biri ekanini anglatadi. Joriy mavsum faqat "bo‘rilar" 4 o‘yinning barchasida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan.
Eng qizig‘i, mukammal natija ko‘rsatib kelayotgan ikkinchi jamoa "So‘g‘diyona"ning keyingi raqibi "Istirn" hisoblanadi. Ammo Gongkong jamoasi ikki uchrashuv o‘tkazganini ham ta’kidlab o‘tish lozim.
Ikkinchi qatordagi "Xo‘jand"
Musobaqada yurishini erta tugatgan bo‘lishiga qaramay, tojikistonliklar bir nechta yaxshi natijalar ham qayd eta oldi. JUmladan, klub o‘z tarixida ilk bor OFK kubogi guruh bosqichidan chiqa oldi.
Shuningdek, ular 2017 yildagi "Istiqlol"dan keyin bu ishni uddalagan Tojikistondagi birinchi jamoaga aylandi. Ma’lumot o‘rnida, "burgutlar" musobaqaga milliy chempionatda ikkinchi o‘rinni egallagan holda yo‘llanma olgandi.
Hamon yuqori darajadagi Jasur
Bu oyda Jasur Xasanov 39 yoshni qarshi oldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi OFK kubogida o‘zining ikkinchi yoshligini boshdan kechirmoqda.
"So‘g‘diyona" vakili "Xo‘jand"ga qarshi bahsda gollari sonini 5 taga yetkazib oldi. Bu orqali Xasanov musobaqa to‘purarlar jadvalida "Vettel" klubi vakili Pedro Paulo bilan birgalikda yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.
Assistlar ustasi
Jasur assistentlik va vaziyat yaratishda ham jamoasining yetakchisi bo‘lib turibdi. Musobaqada faqat ikki futbolchi "bo‘rilar" vakilidan ko‘proq vaziyat yarata olgan.
Bular "Maziya Sports" a’zosi Tana (17 ta) hamda "Bali Yunayted" o‘yinchisi Eber Bessa (15 ta) hisoblanadi. Lekin assistentlik borasida hozircha Jasurdan yaxshiroq natija egasi yo‘q.
O‘zbekiston - Gongkong dueli
Mana ikkinchi yildirki, O‘zbekiston va Gongkong jamoalari OFK kubogida to‘qnash kelmoqda. O‘tgan yili "Nasaf" "Li Man" bilan kuch sinashgandi. Bu yil "So‘g‘diyona" "Istirn"ga qarshi saf tortadi.
"Nasaf" - "Li Man" o‘yini qiziqarli va shiddatli kechgani ham e’tiborga molik. 2:0 hisobida yutqazayotgan Gongkong klubi asosiy vaqtda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Ammo ekstra-taymlarda o‘zbekistonliklar baribir g‘alabani qo‘lga kiritadi - 3:2.
Kelayotgan "So‘g‘diyona" - "Istirn" bellashuvida ham kim g‘olib chiqishidan qat’iy nazar chiroyli bahs bo‘lishini kutib qolamiz.
Shohrux Zoirov tarjimasi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi