O‘zbekiston terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning kelajagi hamon noaniqligicha qolmoqda. Futbolchi Joze Mourinoning rejalariga kiritilmagan. Shu bois, rimliklar uni sotishga qaror qilgan.
Ayni paytda hujumchiga “Bolonya” asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Biroq transfer bo‘yicha muzokaralar so‘nggi bir haftadan beri to‘xtab qoldi.
“La Gazzetta dello Sport” nashri xabariga ko‘ra, "Bolonya" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich klub rahbariyatidan Shomurodovni sotib olishni talab qilmoqda. Chunki mutaxassis o‘zbekistonlik forvardni Marko Arnautovich bilan birga hujum chizig‘ida sinab ko‘rmoqchi.
Xabar qilinishicha, "Bolonya" o‘zining dastlabki taklifini 10 million yevrogacha oshirishga tayyor, biroq "Roma" Eldor uchun kamida 14 million yevro talab qilmoqda. Avvalroq klub Shomurodov uchun 8-9 million yevro atrofida to‘lashga tayyor ekanligi aytilgan edi.
Poytaxt klubi hujumchining keyinchalik sotib olish sharti bilan ijara berishga ham tayyor. Biroq "Bolonya" bu shartni qabul qilishni istamayapti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi