
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Muxtorxon Tashxodjayev, Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, V Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi umumjamoa hisobida mezbon Turkiyadan so‘ng 2-o‘rinni egalladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar