00:00 / 23.08.2022
1 601

APL sobiq futbolchisi Kazemiro haqida: "Pulni deb ketib, endi ko‘z yoshga nima bor?"

APL sobiq futbolchisi Kazemiro haqida: "Pulni deb ketib, endi ko‘z yoshga nima bor?"
Kazemiro "Real" bilan xayrlashish marosimida nutq so‘zlayotganida ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi. Bu "qirollik klubi"da to‘qqiz yilni o‘tkazgan futbolchi uchun juda muhim lahzalar edi.

"Pulni deb ketib, endi ko‘z yoshga nima bor?" , — deb izoh qoldirdi Gabriel Agbonlaxor , bugungi kunda mutaxassis bo‘lib faoliyat olib borayotgan "Aston Villa"ning sobiq futbolchisi.

Qizig‘i, Kazemiro "Real" bilan besh marta Yevropa Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Agbonlaxor esa o‘z navbatida professional faoliyati davomida biror marta YECHL o‘yinida ishtirok etmagan.

Boshqa bir foydalanuvchining izohi ancha haqiqatga yaqinroq edi: "Sen endi Fred va Maktomini bilan bir jamoada o‘ynashing kerakligini tushunib, yig‘layapsanmi?". [Modrich va Kroos o‘rniga].

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL sobiq futbolchisi Kazemiro haqida: "Pulni deb ketib, endi ko‘z yoshga nima bor?"