01:03 / 30.08.2022
1 263

Ro‘ziqul Berdiyev: "Zaxira hakami VAR ishlayapti dedi, bosh hakam esa o‘chib qolganini aytayapti"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Zaxira hakami VAR ishlayapti dedi, bosh hakam esa o‘chib qolganini aytayapti"
Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Avvalo, O‘zbekiston ahlini Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman. Bugungi o‘yinda raqib juda chuqur himoyalandi. Jamoamiz a’zolari gol urish uchun vaziyatlarga ega bo‘lishdi, ammo foydalana olmadik. Raqib jamoada yangi murabbiy edi, uning o‘yinga qanday uslub tanlashi bizga ham qiziqarli bo‘ldi. Lekin, ular bir ochko uchun o‘ynashini kutgandik. Shundan kelib chiqib harakat qildik, ko‘rdingizlar "Lokomotiv" bugun chuqur himoyalandi.

- Birinchi bo‘limda ayrim futbolchilarning o‘yini chiqmadi. Masalan, Sharof Muhitdinov bugun o‘ziga o‘xshamadi...
- Ayrim futbolchilarning o‘yini qovushmagani rost. Shu sababdan ham biz ularni zahiraga oldik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar ham yaxshi harakat qilishdi, ammo baribir raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadik.

Shu o‘rinda sizlar orqali bir fikrni aytmoqchi edim, bugun ayrim muxlislar bizga qarshi muxlislik ham qilishdi. Bu juda yomon xolat, aytish joiz bo‘lsa xoinlik. Muxlis har doim o‘z jamoasiga sodiq qolishi kerak. Agar kimnidir meni jamoada ekanim qoniqtirmayotgan bo‘lsa, boshqa murabbiy kelib, natijalarni bundan yaxshilaydi deb hisoblasa, qo‘l ko‘tarib ketishga tayyormiz.

- Legionerlarning ham o‘yini qovushmagandek ko‘rindi...
- Ha, shunday bo‘lishi mumkin. Jamoa yaxshi o‘ynasa, legionerlar ham shunga mos o‘ynaydi.

- Hakamning oldiga tushgan vaziyatingizga qanday izoh berasiz?
- Ha, men hakamning yoniga borib undan VAR tizimini ko‘rishni talab qildim. Balki qo‘pollik qilgandirman. Ammo, yordamchi hakam mening yonimga kelib VAR ishlayotgani haqida aytgandi. Keyinroq hakamning yoniga borib, VARni ko‘rishni so‘raganimda u 10 daqiqa avval VAR o‘chib qolganini aytdi. Bu juda tushunarsiz holat.

- O‘tgan o‘yindagi vaziyat uchun biz O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayevga murojaat qildik. Ammo, berilgan javob shunaqa bo‘ldi, "Nasaf" o‘yindagi vaziyat uchun shikoyat yozmagan ekan. Bugungi o‘yinda ham shu kabi holat yuz berdi. Endi shikoyat arizasi yozasizlarmi?
- Shikoyat kiritsak, vaziyat uchun hakamning o‘zi jazolanadi. O‘yin natijasi o‘zgarmaydi va buning "Nasaf"ga hech qanday foydasi yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Zaxira hakami VAR ishlayapti dedi, bosh hakam esa o‘chib qolganini aytayapti"