Shomurodov “otmen”. “Bolonya” rasman boshqa hujumchini sotib oldi

Shomurodov “otmen”. “Bolonya” rasman boshqa hujumchini sotib oldi
Bavariya” forvardi Joshua Zirkzeye faoliyatini A Seriyada davom ettiradi. “Bolonya” futbolchini 8 mln yevroga sotib oldi va 2026 yil yozigacha shartnoma imzoladi.

Myunxenliklar 21 yoshli niderlandiyalikni qayta sotib olish huquqini qo‘lga kiritdi va uning keyingi sotuvidan 50 foiz gonorarga ega bo‘ladi.

Bo‘ydor hujumchi “Parma” va “Anderlext”da ijarada o‘ynagan. Avvalroq, “Bolonya” “Roma”dan Eldor Shomurodovni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchiligi xabar qilingandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar