09:43 / 03.09.2022
2 008

"Paxtakor"ning sobiq murabbiyi "Sherlar" nimaning evaziga yutqazgani va Shatskix haqida gapirdi

"Paxtakor"ning sobiq murabbiyi "Sherlar" nimaning evaziga yutqazgani va Shatskix haqida gapirdi
Kutilganidek, “Navbahor” – “Paxtakor” o‘rtasidagi o‘yin o‘ta qiziqarli va voqealarga boy bo‘ldi. 6 kun ilgari ikkala jamoa Namanganda chempionat bahsida kuch sinashishgan va unda 1:1 hisobi qayd etilib, kuchlar teng kelgandi. Bu safargisida esa durang bo‘lishi mumkin emasdi. Chunki O‘zbekiston Kubogi chorak finalida kimdir yutishga majbur edi va bu yakunda “Navbahor” bo‘lib chiqdi.

Jamshid Iskanderovning ikki marta penaltidan kiritgan goli tufayli “Navbahor” nihoyat uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yarim finalga chiqdi. Doimgidek, bu bellashuv yana qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lyapti. Aslida shunday bo‘lmasa ham bo‘lmaydi. Chunki o‘yin shiddati, undagi qaynoq harorat boshqalardan ajralib turardi.

“Paxtakor”ning sobiq murabbiyi Jasur Abduraimov ham bugungi “Paxtakor”ni diqqat bilan kuzatmoqda. Namangandagi o‘yin yakunlagach, ushbu mutaxassisning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Navbahor" - "Paxtakor" o‘yini borasida fikringizni bilmoqchimiz...
- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. O‘ylaymanki, Shatskix boshqaruvidagi “Paxtakor” taktik tomonlama yutqazdi, ayniqsa, ikkinchi bo‘limda. Maksim sxemani almashtirdi, 3 ta markaziy himoyachi bilan o‘ynayapti. Mening fikrimcha, futbolchilar hali bu narsaga tayyor emas. Aslida 4 ta himoyachi bilan o‘ynash yaxshi sistema edi. “Paxtakor” ilgari shu sxemada yaxshi o‘ynardi va chempion bo‘lardi. “Navbahor” ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Ular raqib darvozasi tomon aniq o‘ynadilar. Hamma narsa faqat oldinga qaratilgan. Shuning uchun “Navbahor”da vaziyatlar ko‘proq bo‘ldi. Mezbonlar tartibli harakat qildi. Yana qaytaraman: “Paxtakor” taktik tomonlama yutqazdi.

- “Navbahor” anchadan beri yarim finalga chiqmagandi, bu safar uddaladi. Sizningcha, klub Kubokni yutish uchun asosiy da’vogarmi?
- Bu o‘yindan keyin albatta asosiy da’vogar - “Navbahor”. O‘ylashimcha, namanganliklar Kubokni yutadi. “Paxtakor”ga qarshi ikkinchi taymda zo‘r o‘ynadi.

- Bundan oldin ikkala jamoa 28 avgust kuni chempionatda to‘qnash kelishgandi va unda 1:1 hisobi qayd etilgan. O‘sha uchrashuv bilan Kubokdagi o‘yin o‘rtasida qanchalik farqni ko‘rdingiz?
- 28 avgust kuni 1:1 hisobidagi o‘yin teng bo‘lgandi. Tartib-intizom, taktika, barcha jabhada yaxshi harakat qilishgan. Shuning uchun 1:1 o‘yinga mos tushgan.

- Shuningdek, chempionatda ham “Navbahor” 1-o‘rinda ketyapti. Bu yerda ham peshqadamlikni o‘zida saqlab qolishiga ishonasizmi yoki...
- Chempionlik imkoniyati 50x50. Bundan keyin qanday o‘ynaydi? Oldinda hali o‘yinlar bor. Keyingi uchrashuvlarda kim qanday ko‘rsatadi, o‘zini?! Murabbiylarning taktik uslublari ham muhim rol o‘ynaydi. Chempionlik imkoniyati “Navbahor”dan tashqari “So‘g‘diyona”, “Paxtakor” va “Nasaf” klublarida bor. Hozirdan chempionlik haqida gapirish qiyin masala. Kimnidir bir kalla oldinda deb aytib bo‘lmaydi. 4 ta jamoa jiddiy kurashyapti. Har o‘yinda omad ham kerak. Qani, ko‘ramiz.

- Maksim Shatskix kelganidan keyin “Paxtakor”da qanaqa o‘zgarishlarni ko‘ryapsiz?
- Hali hech nimani tushunmadim. 2 yil avval “Paxtakor” kuchliroq edi. O‘yinida taktika, hujumkor o‘yin va o‘ziga xos sxema shakllangandi. Hozir esa...Bilmadim, balki Shatskixga vaqt ham kerakdir. Lekin uning jamoasi qanday va nima o‘ynayotganiga tushunmadim. Boya aytganimdek, “Navbahor”ga qarshi uchta markaziy himoyachi bilan harakat qildi. “Paxtakor”ning o‘yinida hech nima ko‘rmadim. Bu albatta mening shaxsiy fikrim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor"ning sobiq murabbiyi "Sherlar" nimaning evaziga yutqazgani va Shatskix haqida gapirdi