"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag APLning 6-turi doirasidagi "Arsenal" ustidan qozonilgan g‘alaba (3:1) haqida fikr bildirdi.
Hisobni “Manchester Yunayted”ning yangi futbolchisi Antoni ochgan bo‘lsa, Markus Reshfordning dubli klubga qimmatli ochkoni taqdim etdi.
“Biz Angliya Premer ligasining turnir jadavali yetakchisi ustidan g‘alaba qozonganimizdan juda xursandmiz.
Jamoamiz muvaffaqiyatsizliklarga bardosh bera olishini ko‘rsatdi, bu bizning mentalitetimizdan dalolat beradi. O‘yindan-o‘yinga yaxshilanib boramiz.
Antoni va Reshford ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Ular o‘yin davomida raqib darvozasiga tahdid qilishdan to‘xtamadilar. Bilaman, bizda juda kuchli hujumchilar bor. Futbolchilarimizning tezkorligini ham inkor etib bo‘lmaydi. Ular birinchi marta birga o‘ynashdi, lekin o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymadi. “Orzular teatri”da bunday spektaklni tomosha qilish menga zavq bag‘ishladi”, - dedi ten Xag. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»