1 299
"Istern" bosh murabbiyi: "So‘g‘diyona" bilan o‘yinda bor mahoratimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz"
Ertangi OFK Kubogi Hududlararo yarim final uchrashuvi oldidan "Istern" vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Uning birinchi qismida Gonkong jamoasi bosh murabbiyi Roberto Losada va jamoa yetakchilaridan biri Tamirlan Kozubayev qatnashdi va savollarga javob qaytardi.
- O‘yin haqida
"O‘zimizga mos raqibga qarshi o‘ynaymiz. Qiyin uchrashuv bo‘lishi aniq. Chiroyli o‘yin guvohiga aylanamiz degan umiddaman.
Oktabrdan buyon o‘yinlarda qatnashmaganimiz tufayli O‘zbekistonga vaqtliroq keldik va bu yerning quruq ob-havosiga moslashdik. Hozirda tayyorligimiz maromiga keldi", – gonkongliklar ustozi.
"Murabbiyimiz aytganidek, o‘zimizga mos raqibga qarshi o‘yin o‘tkazamiz. Ertaga bo‘lib o‘tadigan o‘yindan o‘zimiz uchun ijobiy bo‘lgan natijani kutyapmiz", – dedi gonkongliklar futbolchisi.
- "So‘g‘diyona" jamoasining OFK Kubogidagi uchrashuvlari va Kubok doirasidagi "Qizilqum"ga qarshi o‘yinni tomosha qildingiz. Jizzax klubining qanday qiyin jihatlarini aniqladingiz?
- Klubimizning asosiy qismi yosh futbolchilardan iborat. "So‘g‘diyona"da esa yoshi katta futbolchilar bor. Ularning tajribasidan kelib chiqsak, bu ular favorit ekanligini anglatadi. Shavkat Salomov, Shohruz Norxonov va Jasur Hasanov yaxshi o‘yin ko‘rsatishlarini aniqladim. Bu o‘yindan oldingi kayfiyatimizni tushirib yubordi, deb ayta olmayman. Bor mahoratimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Tailanddagi oxirgi o‘yindan keyin jamoamizda o‘yinchilar soni qisqardi. Bundan tashqari, pandemiya tufayli ba’zi o‘yinchilarimizni olib kela olmadik. O‘ylaymanki, o‘zimizni ko‘rsata olamiz. Bu yosh futbolchilarimiz xalqaro maydonda o‘zlarini namoyon etishlari uchun ham yaxshi imkoniyat bo‘ladi degan umiddaman.
- Bir haftadan buyon O‘zbekistondasiz. Umuman, Jizzaxdagi mehmonxona, transport va maydon holati bo‘yicha sharoitlar sizni qoniqtiryaptimi? "Championat.asia"ga bergan intervyungizda Jasur Hasanovni eng kuchli futbolchi, deya e’tirof etgansiz. Chempionat bahslari hisobiga shunday xulosaga keldingizmi yoki OFK Kubogi musobaqasi orqalimi?
- Shahar menga yoqdi. Yaratilgan hamma sharoitlardan qoniqyapman. Mehmonxonada nimani xohlasak, hammasini darrov eltib berishyapti, bizga sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda. Hasanovga kelsak, uning o‘yinlarini anchadan buyon kuzatib boryapman. Oxirgi o‘yinlardagi gollari o‘ziga xos tarzda urildi, xavfli futbolchi. Undan tashqari, Shahboz Jo‘rabekov, Shavkat Salomov va Xislat Xalilovning o‘yinlarini ham e’tirof etgan bo‘lardim.
Maydon holatiga kelsak, 2 sentabr kuni "Qizilqum" bilan o‘yinni kuzatib bordik va ko‘rdikki, maydon ideal darajada emas. Bu albatta o‘yinchilar to‘liq potensialini ko‘rsatishlariga xalaqit qiladi. Biroq Osiyoning boshqa davlatlarida ham bunday muammolar uchrab turadi. Bu bizga ham, "So‘g‘diyona"ga ham muammo keltiradi, lekin borimizni berib o‘ynashga harakat qilamiz.
Ertaga futbolchilarimiz borini berib o‘ynashlarini xohlayman. Qandaydir fol kuzatilsa yoki gol urilsa, futbolchilarimiz o‘yinni shunchaki tashlab qo‘ymasliklariga umid qilaman va ulardan astoydil kurash olib borishlarini kutaman.
Eslatib o‘tamiz, ertangi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»