
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchilari Piter Krauch va Rio Ferdinandning “Liverpul” transfer siyosati borasidagi fikri bir joydan chiqdi.
Yurgen Klopp jamoasi yozda senegallik hujumchi Sadio Maneni qo‘yib yubordi. 31 yoshli futbolchi “Bavariya” safiga qo‘shildi.
“Liverpul” chempionat avvalida hujum chizig‘ida kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti va oltita o‘yinda atigi ikkita g‘alaba qozonib, qolgan to‘rtta bahsda qimmatli ochkolarni yo‘qotib bo‘ldi.
- Murakkab vaziyatlarda Mane doim eng muhim vazifalarni bajarib, g‘alabani “Liverpul” tomonga burib yuborardi. Hozir ularda bunaqa o‘yinchi yo‘q, - dedi Piter Krauch.
- Mane markaziy hujumchiga juda katta yordam berib, uni qo‘llab-quvvatlab turardi. Hozir aynan mana shu futbolchi yetishmayapti, - dedi Rio Ferdinand.
Angliya Terma JamoasiPiter KrauchRio FerdinandLiverpul TransferSadio ManeKlopp Jamoasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar