
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Arsenal"ga qarshi o‘yindan keyin Instagram sahifasida post qoldirdi.
Mankunianlar yulduzi, asosan, zaxiradan maydonga tushmoqda. "Arsenal"ga qarshi o‘yinda ham u boshlang‘ich tarkibga kiritilmadi.
Mazkur bahsda "Yunayted" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Garchand besh karra "Oltin to‘p" sohibining joriy mavsumdagi holati qoniqarli bo‘lmasa-da, portugaliyalik forvard jamoasining natijalaridan mamnun.
37 yoshli hujumchi yakshanba kungi g‘alabadan so‘ng Instagram sahifasida shunday post qoldirdi: "Ofarin, yigitlar! Bizni qo‘llab-quvvatlayotganlarga alohida rahmat! Olg‘a, "qizil iblislar!"
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu klubni tark etishni xohlayotganini, biroq klub bosh murabbiyi unga ishonch bildirishini ta’kidlagandi.
Krishtianu RonalduArsenal O‘yiniManchester YunaytedOltin To‘pYosh HujumchiJamoa Natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar