Bunaqasi Superligada ham bo‘lmaydi. "Torpedo" - "Rostov" bahsida antiqa voqealar...

RPL 8-turidan o‘rin olgan "Torpedo" - "Rostov" uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchisida "Rostov" futbolchisi Golenkov penaltidan gol ura olmadi. 2 daqiqa o‘tib Komlichenko 11 metrlik zarbani ko‘kka sovurdi. Nihoyat, 90+9-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Osipenko penaltini golga aylantirdi.
Shuningdek, mazkur bahsda "Torpedo"ning jami 9 ta futbolchisi sariq kartochka ishlab oldi.
Shu tariqa, Karpin shogirdlari Rossiya premer-ligasi turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 1 ochkosi bor "Torpedo" 15-pog‘onadan joy olgan.
Qayd etish lozim, ushbu bellashuvda hamyurtimiz Hojimat Erkinov to‘liq harakat qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Dastlab, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchisida "Rostov" futbolchisi Golenkov penaltidan gol ura olmadi. 2 daqiqa o‘tib Komlichenko 11 metrlik zarbani ko‘kka sovurdi. Nihoyat, 90+9-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Osipenko penaltini golga aylantirdi.

Izohlar 0
…