21:00 / 06.09.2022
1 397

"So‘g‘diyona" Superliga, O‘zbekiston Kubogi va OFK Kubogidan qay birini tanlaydi?" - Ulug‘bek Baqoyev

"So‘g‘diyona" Superliga, O‘zbekiston Kubogi va OFK Kubogidan qay birini tanlaydi?" - Ulug‘bek Baqoyev
OFK Kubogi hududlararo yarim final bosqichidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Istern" uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "bo‘rilar" ustozi Ulug‘bek Baqoyev ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: "Barchaga xayrli kech! Bugungi raqib ancha tartibli futbol namoyish etdi. Qarshi hujumlarda ham yaxshi harakat qildi.

Bizning jamoa bu bahsga jismoniy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani sezildi. Yakunda g‘alabani o‘zimizniki qildik va bu bilan butun o‘zbek xalqi, jizzaxlik muxlislar va shogirdlarimni tabriklab qolaman!

Har bir bahsda raqib uslubidan kelib chiqib harakat qilamiz. E’tibor bergan bo‘lsangiz, raqib zich o‘ynadi va tepishga deyarli imkoniyat qoldirmadi. Futbolchilarimiz raqib jarima maydoni oldida muammoga duch keldi. Shu sababli kengroq o‘ynashga harakat qildik. Umuman olganda, biz tanlagan uslub yakunda g‘alabani taqdim etdi.

Tanaffusda shogirdlarimga o‘yinni tezlashtirish va kuchaytirish, shuningdek, xatolarimizni tuzatish haqida ko‘rsatma berdim. Ular buni uddaladi.

"So‘g‘diyona" o‘zi chempionlik uchun kurash olib borayotgan har uchala frontda g‘alaba uchun o‘ynaydi. To‘g‘ri, jismoniy tomondan muammolar bor. Ammo biz birinchi bor bu kabi nufuzli turnirda ishtirok etyapmiz. Biz har bir uchrashuv uchun alohida tayyorgarlik ko‘ramiz va aytganimdek, oxirigacha kurashamiz.

OFK Kubogi yarim finali aksariyat shogirdlarimiz uchun hozirgacha bo‘lgan eng katta yutuq hisoblanadi. Bu juda katta yutuq. Biz bu darajaga o‘z sabrimiz va mehnatsevarligimiz orqali erishdik.

Bu kabi xislatlar bilan shogirdlarim MTJ va boshqa kuchli xorij klublarida o‘ynash imkoniyatiga ega. Bundan xursandman.

Katta ehtimol bilan, raqib bizning o‘yinimizni sinchiklab o‘rganib chiqqan, avvalgi o‘yinlarimizni kuzatgan. Shu tufayli bugun hujumlarimizni buzish ular uchun katta qiyinchilik tug‘dirmadi. Ba’zi vaziyatlarda Jasur Hasanovni bir raqib qo‘riqlasa, boshqasi unga yordamga keldi va bu muammolarni ko‘paytirdi. Biz bunday holatda qanotdan uzatilgan paslar, uzoq masofadan zarbalar va standart vaziyatlar evaziga maqsadimizga erishish imkoniyatiga ega ekanimizni bilardik.

Hislat Halilov terma jamoadan chaqiruv olgan va uning yo‘qligi bugun o‘z so‘zini aytdi. Ammo boshqa shogirdlarim yaxshi harakat qilib, uning o‘rnini sezdirmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "So‘g‘diyona" Superliga, O‘zbekiston Kubogi va OFK Kubogidan qay birini tanlaydi?" - Ulug‘bek Baqoyev