OFK Kubogi hududlararo yarim final bosqichidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Istern" uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Roberto Lasada ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: "Kutilganidek, o‘yin og‘ir o‘tdi. Raqib jamoa juda zich va tartibli harakat qildi. Shu sababli qarshi hujumlarga tayanishga harakat qildik. To‘g‘risini aytsam, shogirdlarimiz bugun qo‘lidan kelgan barchasini qildi.
Bizda zaxira o‘rindig‘i ancha tor edi. O‘yinni kuchaytira olmaganimizning sababi ham aynan shu. Ammo futbolchilarim bilan faxrlanaman. Bugun shogirdlarim borini berdi. Raqibning zarbalari, qanotdan oshirgan paslari hamda zich taktikasiga qarshi turish oson emasdi. Har bir chiziqdagi futbolchiga rahmat aytaman.
Raqib juda kuchli hujumlar uyushtirdi. Darvozaboni ham ancha yaxshi harakat qilganini e’tirof etish joiz. Aynan u biz gol urishimiz bo‘lgan vaziyatni bartaraf etdi.
"So‘g‘diyona" tarkibida bir necha legionerlari bo‘lgan juda kuchli jamoa. Budjet tomonidan ham ular O‘zbekistonning oldi jamoalaridan biri hisoblanadi. Yana bir jihatni e’tiborga oling, O‘zbekiston FIFA reytingida 77-o‘rinda, biz esa yuzlikdan pastdamiz. Bu ham o‘z so‘zini aytmay qolmaydi.
Biz so‘nggi 8 oy ichida 4 ta bellashuvda maydonga tushdik. Bundan oldingi ikki bahsda ham faqatgina omad tufayli g‘alaba qozondik deb o‘ylayman. Chunki bizda chempionat o‘tkazilmayapti, pandemik holat juda og‘ir. Hattoki, stadion o‘rniga bog‘larda, 2-3 futbolchi bilan shug‘ullanishimizga to‘g‘ri keldi. Shunga qaramay, raqibga teng kurash taklif eta oldik". “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi