9 845
Lopessiz "Surxon", g‘alabasiz Abramov endi nima qiladi? yoxud Superligada super o‘yinlar
Superligada bugun 18-tur start oladi. Jo‘jani kuzda sanaymiz, degan naql rosa o‘z so‘zini aytadigan fursat keldi. Bu turda shunday o‘yinlar borki, bu aslo sizni befarq qoldirmaydi.
8 sentabr (payshanba)
“Bunyodkor” – “Neftchi”
Chempionatda imkon qadar mavqelarini tiklashga urinayotgan ikki jamoa bugun maydonda to‘qnashadi. “Bunyodkor” ham, “Neftchi” ham mag‘lubiyatli seriyalardan keyin o‘tgan turda nihoyat g‘alaba qozondilar. “Bunyodkor” Samarqandda “Dinamo”ni yutib qaytdi. “Neftchi” esa “Qizilqum” ustidan g‘alabaga erishdi. Bosh murabbiylarning oldiga jiddiy talab qo‘yilgan. Shuning uchun Viktor Karpenko va Vitaliy Levchenkoda xato qilishga va ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q. Bir-biriga teng raqiblar desak adashmaymiz. Bu vaziyatda murabbiylarning taktik sxemalariga ham ko‘p narsa bog‘liq.
“Qizilqum” – “Olimpik”
Yaxshi o‘yin bo‘ladi. “Qizilqum” O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi chorak finalida “So‘g‘diyona”ga penaltilar seriyasida yutqazib musobaqadan chiqib ketdi. Shu bois endi hech nimani o‘ylamasdan faqat chempionatga jiddiy e’tibor qarataveradi. Sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan navoiyliklar uchun har bir bahs finaldek. Ammo chaqilmas yong‘oq kabi raqiblariga katta muammolar tug‘dirib kelayotgan Superliganing yosh debyutanti – “Olimpik”ni qarshiligini yengish ham oson bo‘lmayapti. Bu yerda tajribali futbolchilar iqtidorli yoshlarga qarshi o‘ynaydilar. Natijaga kelsak, buni o‘yindan keyin bilamiz.
9 sentabr (juma)
“Qo‘qon-1912” – AGMK
Ketma-ket 6 ta turdan beri erinmasdan durang o‘ynab kelayotgan qo‘qonliklar yana bu natijasini takrorlaydimi yoki AGMKni yengib duranglari seriyasiga barham beradimi? Davron Fayziyev ham “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyiga aylanganidan buyon durangli seriyani takrorlab kelmoqda. Hozircha unga ham g‘alaba qozonish nasib qilgani yo‘q. Ammo qachondir bunga chek ham qo‘yish kerak. Raqib aksiga olib anoyi emas-da! AGMK Kubokda yurishini davom ettiryapti va chempionatda ham sovrinli o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilganini barcha biladi. Mirjalol Qosimov ancha-munchaga taslim bo‘ladiganlardan emas. Demak, Davron Fayziyev g‘alaba qozonish uchun jiddiyroq taktika o‘ylab topishi kerak. Aks holda...
“Paxtakor” – “Metallurg”
Har o‘yindan keyin hakamlardan va yana boshqa masalalar bo‘yicha noliyotgan Maksim Shatskix borasida muxlislarda o‘ziga yarasha tasavvur shakllanib boryapti. Uning boshchiligida “Paxtakor” O‘zbekiston Kubogini chorak finaldayoq tark etdi. Bor umidi endi faqat chempionatdan. Agar “Metallurg” syurpriz ko‘rsatib “Paxtakor”ni yutib qo‘yadigan bo‘lsa bormi, Shatskix ayb menda deb javobgarlikni bo‘yniga olishga qurbi yetarmikin? Lekin u ham vaziyatni yaxshi tushunyapti va “Paxtakor”ni g‘alaba uchun tayyorlashi tabiiy. Bu Toshkent derbisi hisoblanadi. Balki o‘yin gollarga boy bo‘lmasligi ham mumkin. Chunki bekobodliklar avvalo himoyani mustahkamlash haqida o‘ylaydilar. Bu esa “Paxtakor”ga qo‘shimcha qiyinchilik tug‘dirsa kerak.
10 sentabr (shanba)
“Surxon” – “Nasaf”
Ispaniyalik Anxel Lopes “Surxon”ni tark etgach, o‘rniga hali rasman hech kim tayinlangani yo‘q. U yerda murabbiy o‘zgarishi jamoaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ayniqsa, “Nasaf”dek raqibga qarshi o‘yin oldidan bunday o‘zgarish bo‘lishi futbolchilarga ham ruhiy jihatdan og‘ir bo‘lishi tabiiy. Tan olish kerak, “Nasaf” o‘yin bo‘yicha ham, tarkib jihatidan ham “Surxon”dan kuchli. Lopessiz “Surxon” qanday o‘yin ko‘rsatishini kuzatish yanada qiziq. Ammo unutmaslik kerakki, termizliklar anchadan beri g‘alaba qozona olmayaptilar. “Nasaf” bilan bahsda balki durang ham mezbonlar uchun yaxshi natija bo‘lishi katta ehtimol.
“Lokomotiv” – “Dinamo”
Vadim Abramov sobiq klubiga qarshi o‘ynaydi. Server Jeparovni “Lokomotiv” ustozi sifatida uchinchi o‘yini. U dastlabki ikkita o‘yinini “Nasaf”ga qarshi o‘tkazishiga to‘g‘ri kelib qoldi. Chempionat va Kubok doirasida bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etdi. Abramov esa “Dinamo”ga kelganidan beri faqat yutqazyapti. “Dinamo” uchun durang ham mag‘lubiyatga teng. 7 ochko bilan oxirgi o‘ringa “mixlanib” qolgan samarqandliklar yutishga majbur. Jeparov ham “Lokomotiv” ustozi sifatida tezroq ilk g‘alabasini qo‘lga kiritmoqchi. Demak, bu qiziqarli o‘yin bo‘ladi. O‘tkazib yubormang.
“So‘g‘diyona” – “Navbahor”
18-turdagi juftliklar orasida markaziy o‘yin shubhasiz Jizzaxda bo‘ladi. Musobaqa peshqadami “Navbahor” “So‘g‘diyona”ga qarshi yana bir murakkab o‘yinni o‘tkazadi. Bilasiz, hozirda jizzaxliklar ham juda yaxshi holatda. Ayniqsa, OFK Kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Ammo “Navbahor” ham juda jiddiy. Samvel Babayan kuchli tarkibi bilan Jizzaxda qanday “hunar” ko‘rsatadi? Rosti, bu shunchaki o‘yin bo‘lmaydi. Bu qiziqarli voqealarga boy bo‘ladi! “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi