09:43 / 09.09.2022
1 087

Timur Kapadze: "Shogirdlarimning kelajagi porloq, faqat..."

Timur Kapadze: "Shogirdlarimning kelajagi porloq, faqat..."
Coca Cola Superligasining 18-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Olimpik" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida

"Qizilqum" klubini g‘alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv qiziqarli ruhda o‘tdi. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. Navoiyliklarda tajribali futbolchilar yetarlicha, ular o‘yin taqdirini hal qilishdi. O‘ylashimcha, mazkur bahsga tashrif buyurgan tomoshabinlar qiziqarli to‘qnashuv guvohiga aylandi.

- Ruslan Jiyanovning o‘yiniga qanday baho berasiz?

- Bugun u yomon o‘ynamadi. Lekin bilaman, u bundan-da yaxshiroq o‘yin ko‘rsata oladi. Yigitlar yosh, ularda ba’zida nimadir yetishmasligi mumkin, qolaversa, raqib jamoa ham qarshilik ko‘rsatishga harakat qiladi. Ammo shu kabi o‘yinlarda ular o‘sishga erishadi. Yigitlarning kelajagi porloq, faqatgina buning uchun ko‘proq mehnat qilishi kerak.

- O‘tkazib yuborilgan gollarda himoyachilarning aybi bormi?

- Ha, ularda ham ayb bo‘lishi mumkin, sababi, raqibning gol urishi uchun imkoniyat yaratib berishdi. Temirxo‘ja ikkinchi golni tajribasiga tayangan holda ijro etdi, biroq unga qarshilik qilishimiz mumkin edi. Xatosiz gol bo‘lmaydi, kamchiliklarni o‘rganib chiqamiz", dedi "Olimpik" ustozi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Shogirdlarimning kelajagi porloq, faqat..."