Migel Alvares: "Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik"

Migel Alvares: "Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik"
Coca Cola Superliganing 18-turi doirasida "Surxon" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin mezbon jamoa yangi bosh murabbiyi Migel Alvares o‘z fikrlarini bildirdi.

- Menimcha bugun yaxshi futbol namoyish qildik. Raqobatbardosh jamoa bo‘lib, birdam harakat qila oldik. "Nasaf" jamoasi bo‘sh hududlarni topishga qiynaldi. Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik. 0:0 paytida yaxshi vaziyatdan foydalana olmadik. O‘zimizdan faxrlanishimiz kerak. "Nasaf" bosh murabbiyi hamda Marko Stanoyevich o‘yindan keyin bizni maqtab o‘tishdi.

Oldimizda "Lokomotiv", "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘yinlar bor. Buni yaxshi o‘tkazish uchun qattiq mashg‘ulotlar olib boramiz va oldinga harakat qilamiz.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar