
Hujumchi Antoni Marsyal "Manchester Yunayted"da sobiq bosh murabbiy Joze Mourinyu bilan raqam borasida tortishib qolganini ma’lum qildi.
"Barchasi libos raqamidan boshlandi. Dam olish vaqtida u menga 11-raqamni olishimni so‘radi, bunda Rayan Giggz kabi klub afsonasi o‘ynaganini yozdi. Ammo men Giggzga hurmat saqlashimni, biroq 9-raqamda qolishimni ma’lum qildim. Klubga qaytganimdan keyin men 11-raqamda o‘ynashimni bildim. Barchasi men uchun yomon tugadi. Mourinyuda menga bo‘lgan hurmat yo‘q edi.
Matbuot anjumanida u men haqimda kichik ibora bilan gapirdi va "Real"da Karim Benzema bilan bo‘lgan holatga qiyosladi. Unga bunday kichik o‘yinlar yoqadi va kim bilan qanday gaplashishi kerakligini yaxshi biladi.
O‘shanda 20 yoshda ekanligimni yaxshi bilardi. Agarda o‘shanda gapirganimda meni kattaga hurmatsizlik qilgan deb hisoblashardi", - dedi hujumchi.
Antoni MarsyalManchester YunaytedJoze MourinyuRaqam TortishuvKlub AfsonasiMatbuot Anjumani O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar