22:15 / 12.09.2022
1 412

Pro liga. Yuqori beshlik jamoalari uchun II bosqichga qur’a tashlandi

Pro liga. Yuqori beshlik jamoalari uchun II bosqichga qur’a tashlandi
Pro ligada ikkinchi davra yakunlangach, endi II bosqich boshlanadi. Jamoalar “A” va “V” guruhlariga ajratildi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, yuqori beshtalikdagi klublar “A” guruhidan joy oldilar. Klublarning to‘plagan ochkolari saqlanib qolinadi.

Bugun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Faqat “A” guruhidan joy olgan klublar uchun qur’a bo‘lib o‘tdi. Jamoalar jami 8 ta o‘yin o‘tkazadilar va 4 tadan bahs asosida ikki davrali tizim tashkil etiladi. Bir jamoa esa har turda dam oladi.

Qur’aga ko‘ra “Xorazm” klubi 19-turda dam oladigan bo‘ldi. Mazkur turda “Turon” o‘z uyida “Buxoro”ni qabul qilsa, “Mash’al” pro liga yetakchisi – “Andijon” bilan Muborakda kuch sinashadi. O‘yinlar 24 va 25 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Faqat qaysi juftlik qaysi sanada o‘yin o‘tkazishiga oydinlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pro liga. Yuqori beshlik jamoalari uchun II bosqichga qur’a tashlandi