Ispaniya Primerasi, 35-tur: "Atletiko" "Malaga"ni yutib, vaqtincha peshqadamga aylandi

23 aprelda Ispaniya Primerasining 35-turida "Atletiko" o‘z maydonida "Malaga"ni kutib oldi, deb xabar beriladi "Kun" nashrida.
Uchrashuv "matraschilar"ning 1:0 hisobidagi minimal ustunligi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona golni 62-daqiqada Anxel Korrea kiritdi. Shunga qaramasdan, ikkala jamoada ham o‘yin yakunlanguncha hisobni o‘zgatirishga imkoniyatlar talaygina bo‘ldi.
Qayd etish joizki, "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone uchrashuv davomida maydondan chetlatildi.
"Atletiko" shu g‘alabasi evaziga 82 ochko to‘plab, musobaqa jadvalining 1-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi va avvalroq "Rayo Valekano"ni mag‘lub etgan "Real"ni (81 ochko) ortda qoldirdi.
Biroq "Barselona" ushbu turda hali o‘z o‘yinini o‘tkazmadi va agar 79 ochko to‘plagan kataloniyaliklar "Sporting"ni yutsalar, o‘zlariga etakchilikni qaytib oladilar.
Ispaniya Primerasi. 35-tur
Atletiko M – Malaga – 1:0
Gol: Korrea, 62 (1:0). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing