18:22 / 13.09.2022
1 588

RPL. O‘yin tanaffusi vaqtida murabbiy iste’foga chiqarildi

RPL. O‘yin tanaffusi vaqtida murabbiy iste’foga chiqarildi
RPL 9-turida “Ahmat” o‘z maydonida “Pari NN”ga 1:3 hisobida yutqazdi. Uchrashuvning tanaffusi vaqtida mezbonlar ustozi Andrey Talalayev iste’foga chiqarildi.

O‘yin tanaffusi vaqtida Talalayev hamda Grozniy klubi rahbarlaridan biri o‘rtasida janjal yuzaga keldi. O‘shandayoq murabbiyni iste’foga chiqarish borasida prinsipial qaror qabul qilib bo‘lingandi. Talalayev 2-taymda stadionni tark etdi”, deya xabar bermoqda “Championat.com”.

“Ahmat” 9 o‘yindan keyin 9 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Shu tariqa, Talalayev joriy mavsum 9-turdan keyin lavozimini tark etgan 7-murabbiyga aylandi va bu musobaqa antirekordi hisoblanadi. Avvalroq, Igor Shalimov (“Ural”), Sergey Yuran (“Ximki”), Aleksandr Borodyuk (“Torpedo”), Nikolay Pisarev (“Ximki”), Marvin Kompper (“Lokomotiv”) va Oleg Vasilenko (“Fakel”) iste’foga chiqarilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » RPL. O‘yin tanaffusi vaqtida murabbiy iste’foga chiqarildi