O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘FA rasmiy sayti.
“Unda Superliganing 18-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Navbahor” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Navbahor” futbol klubining bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan mahalliy muxlis hamda OAV vakili ishtirokida vujudga kelgan vaziyat o‘rganib chiqildi.
2022 yilning 10 sentabr kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasiga Superliganing 18-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Navbahor” uchrashuvi komissaridan kelib tushgan bildirgiga asosan, “Navbahor” futbol klubining bosh murabbiyi Samvel Babayan uchrashuv yakunlangandan so‘ng matbuot anjumani zaliga kirish chog‘ida mahalliy muxlis bilan tortishgani, mazkur holatni o‘zining telefoni orqali video tasvirga tushirib turgan Championat.asia sayti fotomuxbiri Jahongir Fayzullayevni ko‘rib qolgani, Samvel Babayan o‘z yordamchilariga ushbu telefonga yozilgan video materialni o‘chirishini buyurgani, yordamchilari esa jurnalistga tazyiq o‘tkazib telefondagi yozuvlarni o‘chirtirishga majbur qilgani aniqlandi.
Mazkur vaziyat Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishida “Navbahor” futbol klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan, Championat.asia sayti fotomuxbiri Jahongir Fayzullayev, ushbu sayt jurnalisti Faxriddin Ro‘ziyev ishtirokida ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda taraflarning ko‘rsatmalari, taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Samvel Babayan etika qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etgan deb topildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Samvel Babayanga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, og‘ir-vazmin va professional bo‘lishga chaqiramiz. Shu o‘rinda sizlar o‘sib kelayotgan yoshlar uchun o‘rnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o‘tamiz!”, - deyiladi O‘FA xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Jizzaxdagi o‘yindan keyin Samvel Babayan buyrug‘i bilan jurnalistga tazyiq o‘tkazilgani uchun “Navbahor” bosh murabbiyining litsenziyasi PFL tomonidan vaqtinchalik qaytarib olingani, klub rasmiylariga esa chora ko‘rilgani haqida ma’lumot bergandi. O‘FA qaroridan keyin murabbiyning litsenziyasi yana qaytarilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi