
«Ulkan toj» turnirlarining 20 karra chempioni Rojer Federer Leyver kubogidan so‘ng tennischilik faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Ushbu musobaqa Londonda sentabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadi.
41 yoshli Federerning aytishicha, salomatligi avvalgidek o‘yin ko‘rsatish imkonini bermaydi.
Ta’kidlashicha, ko‘rgazmali turnirlarda kortga chiqib turishi mumkin, biroq «Ulkan toj» turnirlariga qaytmaydi.
Rojer Federer ATP doirasida 103 ta sovrin yutgan. Uimbldon turnirida — sakkiz marta, Australian Openda — olti marta, AQSH ochiq chempionatida — besh marta, «Rolan Garros»da — bir marta g‘olib bo‘lgan.
Rojer FedererTennischilik FaoliyatiUlkan TojLeyver KubogiSalomatlik MasalalariMusobaqalar O‘tishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar