O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan AGMK - "Paxtakor" uchrashuvida mehmonlar 2:0 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida Maksim Shatskixning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
O‘yin haqida
- Bugun maydonda futbol o‘ynashni istaydigan, kombinatsiyalar amalga oshiradigan yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik. Vaziyatlar yomon bo‘lmadi. Ikkinchi taymda jonli o‘yin bo‘ldi. Birinchi goldan keyin raqib katta kuch bilan hujumga intildi va shuning oqibatida bizda ko‘proq bo‘sh hududlar bo‘ldi. Bizda gol urish uchun yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Ikkinchi golda ham himoyachining xatosi bizga qo‘l keldi. Uni xato qilishga majbur qildik desa ham bo‘ladi. Har bir o‘yin biz uchun finalga teng, har bir o‘yinga so‘nggisidek e’tibor qaratamiz. Endi FIFA kunlari davomida biroz tanaffus qilamiz va biroz dam olganimizdan so‘ng keyingi tayyorgarlikni boshlaymiz.
- Bugun "Paxtakor" futbolchilari o‘zaro paslarda bir necha marta noaniqliklarga yo‘l qo‘yishdi. Kiritilgan gollar ham raqib himoyachilarining xatolariga evaziga yuzaga keldi. Bugun siz qo‘llagan taktika qanchalik o‘zini oqladi deya olasiz?
- Raqib himoyachilarini xato qilishga menimcha biz majbur qildik. Shu sabab ham gollar yuzaga keldi. Bizning harakatlar evaziga raqib bu xatolarga yo‘l qo‘ydi. Yuqori pressing sabab biz o‘z maqsadimizga yetishdik. Bugun biz yaxshi o‘yin, yuqori xohish evaziga g‘alaba qozondik. Aynan shu narsani men o‘yindan oldin yigitlardan so‘ragandim.
- Bugun "Paxtakor"ning juda ko‘p o‘yinchilariga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Bu bugungi o‘yin bilan bog‘liqmi, yoki oldingi mashg‘ulotlardagi zo‘riqish asoratimi?
- Men bugun bu narsani sezganim yo‘q. Bir necha vaziyatlarda to‘qnashuvlar yuzaga keldi xolos. Umuman olganda yigitlarning hozirgi jismoniy holatlari juda yaxshi. Bugun raqib ham, biz ham vaqt cho‘zishga umuman intilmadik. Muxlislar bugungi o‘yindan qoniqdilar deb o‘ylayman, sababi bugun jonli o‘yin ko‘rdik. Yana qaytaraman, bugun futbol o‘ynashni, kombinatsiyalar qilishni xohlagan ikki jamoa to‘qnash keldi.
- Bugun ikkinchi taymda uchta himoyachi bilan harakat qildingiz. "Navbahor"ga qarshi ham shunday harakat qilgandingiz. Mavsumni shu uch himoyachi bilan o‘ynab tugatsa bo‘lmaydimi? Sababi, aynan shu holatda jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda...
- Ko‘ramiz. Nega bunday bo‘lmasligi kerak? Men har doim o‘yindan keyingi matbuot anjumanida biz har doim taktikamizni o‘zgartirib turishimiz haqida gapirmoqdaman. Biz vaziyatga qarab ish qilamiz. Aynan shuning uchun ham men shu yerdaman. Mashq qilmoqdamiz, yigitlarga o‘rgatmoqdamiz. Istalgan vaziyatda jamoa o‘yinini shunga moslashtirishimiz mumkin. Bu o‘yin davomida yoki o‘yindan oldin ham bo‘lishi mumkin. Biz uchun bu muammo emas. Keyinchalik qanday harakat qilishimizni tanaffusdan so‘ng bilib olamiz. Jamoadagi ko‘pgina futbolchilar terma jamoalarga yo‘l olishadi va ular qaytganlaridan so‘ng vaziyatga qarab ish tutamiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi