
"Temiryo‘lchilar" shifokori Abror Pirriyev Maxaradze jamoa a’zolaridan uzr so‘rashi kerak deb hisoblaydi.
"Afsus va nadomatlar bo‘lsinki, Kaxi masalasi dilni xira qiladigan tarzda oydinlashdi. Uni ko‘pdan buyon bilganlar bu xabarni og‘ir qabul qilgani ayon. Ammo xoin, xiyonatkor, sotqin kabi so‘zlarni ishlatgani hamon tilimiz aylanmayotgani ham bor gap. Chunki neki bo‘lsa yaxshilikka ekaniga, kim qanday qing‘ir yo‘l tutmasin Yaratgan bergan rizqni jamoa a’zolaridan hech kim tortib ololmasligiga, bu xatodan olinadigan ibrat esa ko‘pchilikka maktab bo‘lishiga ishonamiz.
Ammo bir tanu bir jon bo‘lib, bir maqsad yo‘lida jipslashgan oila a’zosining shuncha yil yiqqan obro‘si birgina xato ila puchga chiqishi-yu, hayoti ostin-ustun bo‘lib ketishi juda achinarli holat.
Nima bo‘lganda ham hozir Kaxi qilishi kerak bo‘lgan birgina ish bor. Bu ham bo‘lsa klubimizga kelib, jamoadan kechirim so‘rash. Shunday qilsa, misol uchun men kechirardim, aksar jamoadoshlarim ham shu fikrdaligi aniq. Zero, kechirimlilik - mo‘minga xos, kechirimli bo‘lish esa iymondandir", – dedi Pirriyev telegramdagi sahifasida.
Kaxi JamoadoshiLokomotiv KlubiTemiryo‘lchilar ShifokoriKechirim So‘rashiXato IbratiJamoa A’zosi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar