date

Angliyada futbol maydonlarning sun’iy qoplamasi saraton keltirib chiqarishi mumkinligi ma’lum qilindi

Angliyada futbol maydonlarning sun’iy qoplamasi saraton keltirib chiqarishi mumkinligi ma’lum qilindi

Angliyadagi futbol maydonlarining sun’iy qoplamasi saraton kasalliklari keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda RT telekanaliga asoslanib "Kun.uz" xabar bermoqda.

Murabbiylarning aytishicha, qayta ishlangan avtomobil pokrishkalaridan tayyorlanuvchi maydonni qoplovchi rezina bo‘laklar juda ham zaharlidir. Maydon bu bo‘laklar bilan to‘p maydon sirtidan sakrashi uchun qoplanadi.

Ko‘plab murabbiylar bundan xabardorlar va ushbu muammoga jamoatchilik, Angliya futbol uyushmasi va Britaniya hukumatining e’tiborini qaratishga urinmoqdalar. Biroq rasmiylar qoplama xavfsiz ekanligini ta’kidlamoqdalar.

Vashington universiteti futbol murabbiyi Emi Griffin bunday maydonlarda o‘ynovchi yosh futbolchilarda bir yilning o‘zida saraton aniqlanganini ma’lum qildi.

"Balki gap maydon qoplamalaridadir? Men rezina granulalar nimadan tayyorlanishini aniqlashga qaror qildim va men uchratgan birinchi maqoladayoq unda kanserogenlar borligi aytilganini ko‘rdim", deb aytmoqda murabbiy.

Ayol murabbiy saraton bilan kasallangan amerikalik futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi: undan 220 dan ko‘proq sportchi joy oldi. Bu sportchilarning barchasi sun’iy maydonlarda o‘ynagan: ulardan 166 nafari futbolchilar, 102 nafari darvozabonlar bo‘lgan.

18 yoshli Maguayr pofessional darvozabon bo‘lishni orzu qilgan. U buning uchun juda ko‘p mehnat qildi va uni "Lids"ga olishdi. Biroq hozirda u saraton kasaliga chalingan.

Rezina qoplama tarkibini o‘rgangan olimlar hukumatni tadqiqot natijalariga e’tibor qaratishga chaqirishmoqda.

"Rezina bo‘laklarda haqiqatan ham saratonni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ko‘plab ximikatlarni topish mumkin. Biroq bu elementlar organizmga qanday tushishini aniqlashning hozircha imkon yo‘q", deb aytdi olimlardan biri.

Angliya joriy yilda sun’iy qoplamali yangi futbol maydonlarini qurish uchun 230 mln funt sterling ajratdi. Britaniyaning regbi ittifoqida yangi 100 ta maydon uchun 50 mln funt sterling sarflandi. Bu qoplamalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ularning mahsuloti saraton keltirib chiqarishi haqidagi axborotni inkor qilmoqdalar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Angliyada futbol maydonlarning sun’iy qoplamasi saraton keltirib chiqarishi mumkinligi ma’lum qilindi