00:19 / 19.09.2022
1 440

Luisma Ernandes: "Futbolchilarimning bugungi o‘yinga bo‘lgan munosabatidan xursandman"

Luisma Ernandes: "Futbolchilarimning bugungi o‘yinga bo‘lgan munosabatidan xursandman"
"Metallurg" bosh murabbiyi Luisma Ernandes Coca Cola Superligasining 19-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona"ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi navbatda jamoamni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘tgan hafta davomida qattiq mehnat qildik. To‘g‘ri "Paxtakor"ga yaxshi o‘ynab yutqazib qo‘ydik. Futbolchilarimning o‘yinga bo‘lgan munosabatidan xursandman. O‘tgan o‘yindagi xatolarni aytadigan bo‘lsam, hamma xato qiladi. Buning uchun zamonaviy texnologiyalar yordamga keladi. Albatta raqibga ham bugungi o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular OFK kubogi musobaqasida ko‘p kuch yo‘qotishdi. To‘g‘ri tushunamiz. G‘alabani jamoamiz bilan ko‘tarinki ruhda nishonlaymiz", - deydi Luisma Ernandes.

- Yoshlarga qo‘rqmasdan ishonch bildirayotganingiz "Metallurg"ning uslubi o‘zgarayotganidan darakmi?
- Kelajakda oldimizga qo‘ygan maqsadimiz yaxshi yosh jamoani shakllantirish. Shuningdek, yoshi katta futbolchilarga ham eshigimiz ochiq. Hozir jamoamizda yaxshi muvozanat yuzaga kelgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport